
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali
Yurtimizda xalqimizning boy an'analari, urf-odatlari, madaniy me'roslari, hunarmandchiligi, san'ati va qadriyatlarini asrab-avaylash uni targ‘ib qilishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib kelinayotgan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali ham bunga bir misol.
Yunesko ro‘yxatiga kiritilgan mazkur nufuzli festivalda nafaqat yurtimiz balki xorijiy mamlakatlarning ham folklor jamoalari ishtirok etmoqda. Ishtiroki jamolarning yildan-yilga festivalda ishtirok etish taklifining ortib borishi esa festival nufuzi, qadim va boqiy san'at sirlaridan keng ommani bahramad etish, millatlararo munosabatlar mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etayapti. Ushbu festival purviqor tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim Boysun tumanining qiyofasi tubdan o‘zgarishiga zamin yaratdi.
Har yilgidan o‘zgacha shukuhda nishonlangan festivalda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari ham "Alpomishning qaytishi" spektakli bilan ishtirok etishdi.





