Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik131 ko‘rish

Teatr OAV nigohida.

Ma'lumki keyingi yillar mamlakatimiz rahbari tomonida xorijiy davlatlar xususan qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatli savdo, iqtisodiy, madaniy aloqalar tobaro mustahkamlanib bormoqda. Bunday do‘stona aloqalar esa madaniy xizmat ko‘rsatish, til, millat, manzil va makon tanlamas san'at sohasida ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri ham bu borada ijobiy natijalarga erishmoqda.
"Ovozi tochik" gazetasining 2024 yildagi 13-sonida gazetaning viloyat muxbiri Sharif Xalil muallifligida chop etilgan "Hayot oynasi" maqolasida ham Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy faoliyati, teatrning Abulqosim Lohutiy nomidagi Tojikiston davlat akademik teatri bilan ijodiy aloqalari xususida so‘z boradi.