Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik109 ko‘rish

Amir Temur siymosining sahna ko‘rinishlari

2024 yil 7 fevral kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari viloyatning Angor tumanida gastrol safarida bo‘ldi. Ijodiy safar chog‘ida tumandagi 33-sonli umum ta'lim maktabida teatr ijodkorlari tomonidan Amir Temur siymosida sahna ko‘rinishlari va teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.