Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik91 ko‘rish

Prezident Administratsiyasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish sho‘basi mudiri Nodirbek Sayfullayev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Keyingi yillar yurtboshimiz tomonidan Madaniyat va san'at sohasi rivojiga alohida e'tibor qaratilayotgani tizim rivojiga xizmat qilish barobarida, milliy madaniyatimiz va san'atimizni keng targ‘ib qilish, yangi iste'dodlarni yuzaga chiqarish, boy ma'naviy merosimizni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday e'tibordan o‘zining tasirchanligi va jozibadorligi bilan boshqa san'at turlaridan tubdan farq qiluvchi teatr san'ati ham chetda qolgani yo‘q. Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yigʻilishida har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb belgilash hamda idoralar, hokimliklar mehnat jamoalarining teatrlarga tizimli tashrifini yoʻlga qoʻyish taklifining ilgari surilgani ham buning yorqin na'munasdir. Yigʻilishda, ayniqsa, rahbarlar ijtimoiy dunyoqarash, madaniy saviya boʻyicha boshqalarga oʻrnak boʻlishlari kerakligi alohida taʼkidlangandi.
Prezident Administratsiyasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish sho‘basi mudiri Nodirbek Sayfullayev boshchiligida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan ishchi guruh a'zolari ham 31-yanvar kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurib, “To‘maris” spektaklini tomosha qilishdi.
Sh. Pardayev qalamiga mansub "To‘maris" spektakli teatr bosh rejissori F.Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, spektaklda To‘maris shaxsiyati, vatan himoyasi yo‘lidagi jasorati nomoyon etiladi. Tarixiy drama janridagi mazkur spektakl barcha tomoshabinlarda katta ta'surot qoldirdi.