
A. Loxuti nomidagi Tojikiston davlat akademik drama teatri Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri hamda A.Lohuti nomidagi Tojikiston davlat akademik drama teatri o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida yurtimizning janubiy viloyati Surxondaryoga tashrif buyurgan ijodkorlarni Surxondaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri hamda madaniyat va san'at sohasi vakllari, Tojik milliy madaniyat markazi va OAVlari xodimlari tantanali kutib olishdi.
Termiz sharidagi Surxondaryo san'at saroyi davlat muassasasida teatr jamoasi tomonidan Xoliq Xursandov asari asosida sahnalashtirilgan “Ayyor qariyaning qilmishi” spektakli namoyish etildi.
Tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otgan spektakl yakunida A. Loxuti nomidagi Tojikiston davlat akademik drama teatri va Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ma'muriyti ikki davlat orasidagi do‘stona aloqalar, madaniyat va san'at sohasida ham tobaro yuksalib borayotganini ta'kidlashib, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari rahbarlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Spektaklni tomosha qilgan va davomli olqishlar bilan kuzatib borgan tomoshabinlar mehmonlarga o‘z tashakkurlarini izhor qilib, kelgusida ham teatr jomasini kutib qolishlarini bildirdilar.







