Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik42 ko‘rish

H.Xonov asari "Taxti sulaymon" (davlat buyurtmasi) hamda Q.Norqobil asari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash ko‘rigidan o'tkazildi.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining 2023-yilgi repertuar rejasiga kiritilgan H. Xonov asari "Taxti sulaymon" (davlat buyurtmasi) hamda Q. Norqobil asari "Uydagi gap ko‘chada.." spektakllari teatr Badiiy kengashi ko‘rigidan o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash ko‘rigiga tavsiya etilgandi.

Har ikkala spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a'zolari ko‘rigidan o‘tkazildi. Mutaxassislar spektakllarda ijodiy guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aktyorlar ijro mahorati, rejissor, rassom, bastakorning ishlariga alohida to‘xtalib, spektaklni yanada mukammallashtirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi. Bildirilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda tuzatishlar kiritish sharti bilan spektakllar qabul qilindi.