
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Bir so‘z bilan aytganda jamiyat tizgini, insonlar orasidagi munosabatlar, turli millat va elat vakillarining orzu-umidlari, mushtarak maqsadlarini amalga oshirishda bu muhim hujjatning o‘rni beqiyos. Shu ma'noda xalqimizning orzu umidlarining huquqiy kafolati bo‘lgan Yangi O‘zbekistonning, Yangi Konstitutsiyasi ham asrlar davomida jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishiga ishonamiz.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, vazirlik tizimidagi ko‘p sonli fidoiy ustozlar, hamkasblar va ular orqali butun xalqimizni Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi bilan chin dildan muborakbod etaman!. Yurtimiz tinch, xalqimiz faravon bo‘lsin!. Barchangizga sogʻlik-omonlik, oilaviy farovonlik tilayman!.
Hurmat bilan, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissori;
F. N. Boltayev.



