
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi gastrol safarida.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan davlatlararo manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish borasida istiqbolli tashabbuslar ilgari surib kelinmoqda. Shunday tashshabbuslar samarasi o‘laroq Tojikiston Respublikasi bilan ham ijtimoy-iqtisodiy, turizm, madaniy yo‘nalishda ikki tomonlama manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan madaniy aloqalar ham yangi bosqichga chiqdi. Ikkinchi bor Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida gastrol safarida bo‘lib turgan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining bu galgi tashrifi ham do‘stona aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi. Gap shundaki, teatr ma'muriyati bilan Tojikiston Respublikasining Lohuti nomidagi davlat Akademik drama teatri o‘rtasida memorandum imzolandi. Teatr jamoalarining kelgusidagi ijodiy hamkorligi borasida kelishuvlarga erishildi. Bu ikki davlat teatrlarining ijodiy aloqalarini mustahkamlash, gastrol safarlari orqali ikki qardosh davlatlarning boy ma'naviyati, madaniyatini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.





