Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik32 ko‘rish

Teatr jamoasi gastrol safarida.

Keyingi yillar Prezidentimiz tomonidan Madaniyat va san'at sohasi rivojiga qaratilayotgan e'tibor, chiqarilayotgan Qaror va Farmonlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tizim rivojida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Birgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-112-son qarori ijrosini taminlash maqsadida teatrlar tomonida yurtimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan gastrol safarlari ham fikrimizga bir misol. Mazkur Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan reja asosida Respublikada mavjud teatrlar viloyatlar bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘lib teatr ixlosmandlarini o‘z san'atlaridan bahramand etish imkoniga ega bo‘lishdi.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari ham ushbu qaror ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Gastrol safari bilan tashrif buyurgan ijodkorlarni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi bayramona kutib olishdi. Tantanali kutib olish marosimida so‘z olganlar muhtaram yurtboshimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan e'tibordan mamnunliklarini bildirishdi. Bu qaror yurtimizdagi mavjud teatrlar ijodidan tomoshabinlarni bahramad etibgina qolmay, teatrlar orasida sog‘lom raqobatni vujudga keltirish, ijodiy hamfikrlikda ish olib borishda ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ta'kidlashdi. Gastrol safarida tomoshabinlarga jahon adabiyotining yetuk namoyondalaridan biri Tavfiq al-Hakim asari asosida rejissor Asilbek Safarov tomonidan sahnalashtirilgan "Bexato otilgan o‘q" spektakli namoyish etildi.