Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik30 ko‘rish

Sh. Jumayevning "Chorrahadagi odamlar" spektakli teatr Badiiy Kengashi ko‘rigidan o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining sahnalashtiruvchi rejissori Sh. Jumayevning "Shorrahadagi odamlar" spektakli teatr Badiiy Kengashi ko‘rigidan o‘tkazildi. Muallif D. Jo‘rayevaning mazkur asarida bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri onlayn qimor va uning ayanchli oqibatlari bir oila farzandi Sardorning ayanchli qismati misolida ko‘rsatib berilgan. Spektakl muhokamasida Kengash a'zolari spektakldagi kamchiliklarni bartaraf etish, dekoratsiya, musiqa, libos va aktyorlar ijrosidagi nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berishdi. Bildirilgan fikr va mulohazalar asosida tuzatishlar kiritish sharti bilan tomoshabinlarga namoyish etishga qaror qilindi.