Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik20 ko‘rish

1 iyun Halqaro bolalarni himoya qilish kuni.

1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Surxondaryo san’at saroyi davlat muassasasining kirish qismidagi ochiq maydonda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi. Erta tongdan ota-onalari bilan tashrif buyurgan beg‘ubor qalb egalari kechga qadar bayramona kayfiyatda raqslarga tushishdi. Tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlarda ishtirok etib, teatrlashtirilgan konsert dasturidan bahramand bo‘ldilar.