Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik20 ko‘rish

“Seni kuylaymiz, zamondosh!” O‘zbekiston teatrlarining VI Respublika ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi teatrlar ishtirokida har ikki yilda bir marotaba “Seni kuylaymiz, zamondosh!” O‘zbekiston teatrlarining Respublika ko‘rik-festivali o‘tkazilib kelinmoqda. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari an’anaga muvofiq o‘tkazilib kelinayotgan ushbu festivalda muntazam qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Bu yilgi “Seni kuylaymiz, zamondosh!” O‘zbekiston teatrlarining VI Respublika ko‘rik-festivalida teatr jamoasi “Muhabbatim – qismatim mening” spektakli bilan ishtirok etib, “Eng yaxshi ssenografiya” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Aytish kerakki teatr jamoasi Respublika va xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan festivallarda rejissyorlik ishi, aktyorlik mahorati va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha faxri o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Bu yilgi nufuzli festivalda teatr jamoasining “Eng yaxshi ssenografiya” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilishi teatr uchun tarixiy voqeilik bo‘ldi. Teatr ijodkorlarining kelgusidagi ishlariga muvofaqqiyatlar tilaymiz.