
TАBRIK!!!

15-iyun kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri direktori, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi deputati Qaraqulova Muyassar Zafarovnaning tug‘ilgan kunlari. Hurmatli Muyassar Zafarovna! Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi hamda viloyat madaniyat va san’at muassasalari hodimlari nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizni Surxondaryo viloyati madaniyati va san’ati rivoji, ayniqsa Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining viloyat va Respublika miqyosida gastrol safarlarini tashkil etish hamda o‘tkazilayotgan nufuzli festivallarda faol ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishda alohida xizmatlaringiz bor. Teatr jamoasi Sizni tashabbuskor va mehribon rahbar sifatida xamisha hurmat qiladi.Fursatdan foydalanib Sizni yana bir bor tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etar ekanmiz Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt tilaymiz! El-yurt farovonligi yo‘lidagi ishlaringizga muvofaqqiyatlar tilaymiz. Farzandlar, nabiralar kamolini ko‘rib yuring! Hurmat bilan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi.



