
TАBRIK!!!

15-iyun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining sahna ustasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, ustoz san’atkor Yu.Mirqurbonovning tavallud topgan kunlari. Hurmatli Yuldoshali Mirkurbanovich! Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan teatr jamoasi, shogirdlaringiz va muxlislaringiz nomidan samimiy muborakbod etamiz! Siz uzoq yillik samarali mehnatlaringiz bilan nafaqat Surxondaryo balki Respublika teatr san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayapsiz. Teatrimizning Respublika va xalqaro festivallarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishida, muxlislar e’tiborini qozonishda aynan sizning alohida xizmatlaringiz bor. Siz uzoq yillik faoliyatingiz davomida yuzga yaqin turli janrdagi obrazlar yaratib millionlab muxlislar qalbini zabt etdingiz. Siz bor bilim va tajribangizni sahna san’atiga yuzlab shogirdlarni tarbiyaladingiz. Teatrimizni barcha yutuqlarida Sizni alohida xizmatlaringiz bor. Fursatdan foydalanib, Sizga uzoq umr va mustahkam sog‘lik tilaymiz! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli ustoz!



