
“Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik!” yoshlar festivali.

Maʼlumki Respublikamizning barcha goʼshalarida “Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik! ” shiori ostida yoshlar festivali boʼlib oʼtmoqda. Аvval xabar qilganimizdek mazkur festival Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida ham joriy yilning 17 iyun kuni oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu festivalni oʼtkazish va yuqori saviyada tashkil etishga puxta hozirlik koʼrildi. 15 iyundan boshlab festival bayramona kayfiyatda boshlanib ketdi. Yoshlar festivaliga Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham jiddiy tayyorgarlik koʼrdi. Shu yilning 15 iyun kunidan teatr jamoasi oʼzlarining teatrlashtirilgan kontsert dasturlari, tarixiy shaxslar siymolarini aks ettirishmoqda. Erta tongdan kechga qadar tashkil qilinayotgan chiqishlar, nafaqat yoshlarimiz balki viloyatning uzoq tumanlaridan tashrif buyurgan aholi, shahar mehmonlariga ham yuqori kayfiyat ulashayapti. Surxondaryo viloyat musikali drama teatri jamoasining bugungi kontsert dasturlari ham yuzlab vohadoshlarimiz va yoshlarimizga manzur boʼldi. Eslatib oʼtamiz teatrning ertangi dasturlaridan oʼrin olgan spektakllarning sahna koʼrinishlari, tarixiy shaxslar obrazlarining chikishlari, teatrlashtirilgan kontsert dasturi ham festival ishtirokchilarida katta taʼsurot qoldirishi shubhasiz.




