
“Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʼtkazilayotgan yoshlar festivalida “Layli va Majnun” spektakli namoyishi.



“Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʼtkazilayotgan yoshlar festivali erta tongdan koʼtarinki kayfiyatda boshlandi. Oʼtgan 2 kun mobaynida Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta tashabbus mazmun-mohiyatini oʼzida mujassam etgan va minglab yoshlarni ezgu maqsadlar sari birlashtirgan yoshlar festivali oʼzining jozibadorligi bilan barchani maftun etmoqda. Oʼtgan kunlar mobaynida milliy qadriyat va anʼanalarimiz uygʼunligida oʼtkazilayotgan sport, rassomchilik, aktyorlik, axborot-texnologiyalari, kitobxonlik, baxshichilik, kasanachilik yoʼnalishlaridagi musoboqalar, zakovat televiktorinalari, hokim va yoshlar uchrashuvi, yoshlarni bilim va salohiyatlarini namoyon etish, ularning intilish va tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, yangi Oʼzbekiston yoshlarini birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun ham festivalda qiziqarli bellashuvlar, teatr jamoalari va sanʼatkorlarning chiqishlari, harbiy texnikalarning koʼrgazmalari, Surxon milliy taomlaridan sanalgan choʼponcha, tandir kaboblar tayyorlash jarayonlari festival ishtirokchilari uchun unutilmas onlarni tufha etishi shubhasiz. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham oʼzlarining teatrlashtirilgan kontsert dasturlari, tarixiy shaxslar siymolari, spektakllar namoyishlari bilan festival ishtirokchilarining qiziqishlariga sabab boʼlishayapdi. Bugun teatr ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan “Layli va Majnun” spektakli ham yoshlarni befarq qoldirmadi.



