
← Barcha yangiliklar
“Layli va Majnun” spektakli sahna yuzini ko‘rshga tayyor.
Bugun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining joriy repertuaridan o‘rin olgan “Layli va Majnun” spektakli teatr Badiiy kengashi ko‘rigidan o‘tkazildi. Kengash a’zolari spektaklni juda qisqa fursatda topshirilgani haqida to‘xtalishib, spektaklni yanada mukammallashtirish borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Aytilgan takliflar inobatga olgan holda spektakl Badiiy kengash a’zolari tomonidan qabul qilindi. Spektakl rejissyori Shavkat Pardayevni va teatr jamoasini yana bir yangi asar bilan tabriklaymiz. Spektaklda asosiy qahramonlar Layli obrazini Gavhar Aralova va Majnun obrazini Abuqodir Panjiyevlar yaratishdi.









