Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik19 ko‘rish

Rossiya qurolli kuchlari bizning teatrda

O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarning amalga oshirilishi, har ikki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida ijobiy natijalar bermoqda. Bu jihatlarni madaniy-ma’rifiy, harbiy sohalarda ham ko‘rish mumkin. Joriy yilning 8 dekabridan 12 dekabrigacha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari buning yorqin namunasidir. Shu kunlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarda o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari, harbiy xizmatchilarning tajriba almashishlariga zamin yaratayotgan bo‘lsa, tashkil etilayotgan madaniy tadbirlar vatan posbonlarining mazmunli xordiq chiqarishlariga xizmat qilayapti. Bugun Surxondaryo san’at saroyi davlat muasasasida tashkil etilgan konsert dasturi ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Teatr ijodkorlari, maqom ijrochilari tomonidan ijro etilgan mumtoz taronalar, ikki davlat harbiylarining madaniy xordiq chiqarishlari va milliy san’atimiz borasidagi tasavvurlari boyishiga xizmat qildi.