
“Muhabbatim-qismatim mening” spektaklining ilk namoyishi.
Bugun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan mahalliy dramaturg X. Xursandov asari asosida sahnalashtirilgan “Muhabbatim-qismatim mening” spektakli I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari va Malika GOLD restorani ma’muriyati, ishchi xodimlari uchun namoyish etildi. Teatr bosh rejissyori F. Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan spektakl tomoshabilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Davomli olqishlar bilan qo‘llab quvvatlangan spektaklda, oilaviy munosabatlarni yaxshilashga, oila muqaddasligiga undovchi g‘oya ilgari surilgan. Mazkur spektaklda Norbekning ayanchli qismati misolida, bugun oilaviy ajrimlar, muhabbat yoki yoshlikdagi xatolar deb, begunoh farzandlarni diliga ozor bermaslik kabi tushunchalar namoyish etiladi.






