Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik23 ko‘rish

“Bizning teatr” ilmiy-amaliy anjumani.

Bugun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida “Bizning teatr” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ilmiy amaliy-anjuman ishtirokchilari dastlab teatrning ijodiy faoliyati aks ettirilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan spektakllarning sahna ko‘rinishlari, liboslar ko‘rgazmasi va ishlab chiqarish sexlarining ish jarayoni ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shundan so‘ng “Bizning teatr” ilmiy-amaliy anjumani boshlandi. Anjuman ma’ruzachilari ishtirokchilarga teatr tarixi, tilimiz imkoniyatlari va jozibasini targ‘ib qilishda teatrning o‘rni va teatr faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar haqida ma’lumotlar berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, viloyat hokimligi va Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish Markazi Surxondaryo hududiy bo‘linmasi rabariyati hamda tinglovchilari ishtirok etgan tadbirda, Markaz tinglovchilariga sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi. Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan “Bizning teatr” ilmiy-amaliy anjuman doirasida, teatr ijodkorlari tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi hamda teatrning 85-ijodiy mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan “Til-millat ko‘zgusi” teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi. Ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otgan tadbir tavfsilotlari mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali yoritildi.