
85 – ijodiy mavsum ochilishi.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi 85-ijodiy mavsumini ochdi. Mavsum ochilish hamda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan teatr ijodkorlari “Til-millat ko‘zgusi” teatrlashtirilgan tomoshasini tayyorladi. Tantanali ochilish marosimiga davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ma’muriyati va jamoasi, madaniyat va san’at sohasi vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, o‘qituvchilar va san’at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Dastlab tadbir ishtirokchilari San’at saroyi davlat muassasasi foyesida, teatr ijodiy faoliyati aks ettirilgan foto va video lavhalar, liboslar ko‘rgazmalari bilan tanishdilar. Mavsum ochilishiga tashrif buyurgan mehmonlar teatr sozanda va xonandalarining milliy mumtoz navolari sadosi ostida qarshi olindilar. Teatrning 85-mavsumi ochilishda so‘z olganlar, teatr jamoasining o‘tgan yillar davomida erishgan yutuqlari, pandemiya sabab joriy qilingan karantin choralariga qaramasdan yangi sahna asarlari yaratilgani, teatr bosh rejissyori Farxod Boltayev rahbarligida, rejissyor Asilbek Safarov tomonidan bu yil har yilgi an’anadan chekingan holda “Til-millat ko‘zgusi” teatrlashtirilgan konsert dasturi tayyorlangani va bu gul dasta tomoshabinlarga manzur bo‘lishi, teatr ijodkorlari haftaning shanba va yakshanba kunlari ham “Maydon tomoshalar” festivali doirasida teatrlashtirilgan konsert dasturlarini namoyish etib yeelishayotgani va bugun teatr yoshlari yangi va yaxshi tashabbuslarini ilgari surishayotganini e’tirof etishib, teatr jamoasini yangi mavsum ochilishi bilan muborakbod etishdi. Shundan so‘ng mavsum ochilishiga bag‘ishlangan “Til-millat ko‘zgusi” teatrlashtirilgan konsert dasturi boshlandi. Tadbirda tilimizni ulug‘lovchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari, tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan buyuk siymolar, jadidchilar va yoshlarning chiqishlari chiqishlari, milliy qadriyat va an’analarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, raqs va diltortar taronalar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Qizg‘in va ta’surotlarga boy tarzda yangi ijodiy mavsumini boshlagan teatr ijodkorlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Tadbining to‘liq namoyishini Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ijtimoiy tarmoqdagi kanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.









