
Surxondaryo viloyati Qo‘g‘irchoq teatrining 19-ijodiy mavsumi ochilishi.

Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatiri tashkil etilgandan buyon bolajonlarning sevimli maskaniga aylandi. Ayniqsa keyingi yillarda teatr rahbari va yosh ijodkorlarining tashabbuslari bilan tashkil etilayotgan ko‘ngilochar dasturlar, g‘oyaviy va tarbiyaviy ahamiyati katta spektakllar jajji muxlislari qalbidan joy oldi. Teatr jamoasi ijodiy hamkorlikni samarali tashkil etganligi bois teatrning ijodiy muvofaqqiyatlari ko‘lami ham kengayib borayapti. Bugun tomoshabinlar va mutaxassislar e’tiborini qozongan teatr jamoasi yangi 19-ijodiy mavsumini boshladi. Mavsumning tantanali ochilish marosimida so‘z olganlar teatrning qiziqarli ijod yo‘li, erishayotgan yutuqlari xususida atroflicha to‘xtalishib, jamoani yangi ijodiy mavsum ochilishi bilan muborakbod etishdi. Shundan so‘ng teatr ijodkorlari “Maydon tomoshalari” festivali doirasidagi sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Karantin paytida teatrni sog‘ingan jajji muxlislar uchun teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna yeo‘rinishlari va ertak qahramonlarining chiqishlari, beg‘ubor qalb sohiblarining xursandchilik va shodon kulgulariga ulashib ketdi. Tantanali tadbir davomida Prezidentimiz ilgari surgan besh tashabbus va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan tayyorlangan chiqishlar, tadbir ishtirokchilari va bolajonlarga olam-olam zavq ulashdi. Qizg‘in va ta’surotlarga boy tarzda o‘tgan Surxondaryo viloyati Qo‘g‘irchoq teatrining 19-ijodiy mavsumi ochilishi munosabati bilan namoyish etilgan “No‘xat bola” spektakli ham tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. V. Pavlovskis asari asosida yosh rejissyor Z. Normo‘minova tomonidan sahnalashtirilgan spektaklda, yaxshilik, mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar namoyish etilgan. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasini yangi mavsum ochilishi bilan muborakbod etgan holda ijodiy yutuqlar bardavom bo‘lishligini tilab qoladi.



