Asosiy kontentga o‘tish
← Barcha yangiliklar
Yangilik22 ko‘rish

BIZNING TЕATR 5 TA TASHABBUSDA…

2020 yil 1 mart kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 tashabbus”ning birinchi yo‘nalishiga Termiz shahridagi uyushmagan aholini va yoshlarni keng jalb qilish maqsadida targ‘ibot va tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida A.Temur, A.Navoiy, At- Termiziy, Alpomish va Barchinoy kabi obrazlar va teatr rahbari ishtirokida aholi o‘rtasida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, teatr aktyorlari spektakllardan parchalar, monologlar, g‘azallar ijro qilishdi. Kuning ikkinchi yarimida teatr jamoasi Respublika ixtisolashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bemorlarining ham xolidan xabar olishdi va ular bilan ham aktyorlar samimiy suhbat olib borishdi. Tadbirlar davomida aholiga teatrning mart oyida namoyish etiladigan spektakllar repertuar-bukleti tarqatildi.