
O‘zbekiston Respublikasi Prezilentining 5 ta tashabbusi ijrosi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezilentining 5 ta tashabbusi ijrosini ta’minlashmaqsadida bugun 2020 yil 15 fevral kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida “Rahbar va yoshlar” loyihasi asosida Termiz davlat universiteti talabalari teatr direktori M. Qaraqulova bilan samimiy suhbat qurishdi, “Teatrshunosman” loyihasi asosida kiyim sexi mudiri N. Urunovalar ishtirokida spektakllarda foydalaniladigan tarixiy obrazlar liboslari bilan tanishishdi, so‘ngra yoritish sexi mudiri K. Yodgorov ishtirokida Respublikamiz teatrlarida so‘nggi rusumdagi yoritish uskunalari bilan tubdan tanishishdi, tadbir davomida “Orzuimdagi inson bilan uchrashishni istayman” loyihasi asosida O‘zbekiston xalq artisti G. Ravshanova bilan dildan suhbat qurishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda suhbat so‘ngida G. Ravshanova ishtiyoqmand talabalarga “Ona” spektaklidan monolog ijro etib berdi, tadbir so‘ngida bosh rejissyori Farxod Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan Usmon Azim qalamiga mansub “Adolat fasli” spektakli harbiy xizmatchilar va Termiz davlat universiteti talabalariga namoyish etildi.




