
“Rahbar va yoshlar” mavzusida teatr ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv.

2020 yil 13 fevral kuni Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Usmon Azim asari asosida sahnalashtirilgan “Adolat fasli” spektakli Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o‘qituvchilari va talabalariga ilk marotaba namoyish etildi. Premera avvalida Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta tashabbus doirasida “Rahbar va yoshlar” mavzusida teatr ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv va Amir Temurning adolat o‘rnatish borasidagi mashvaratiga bag‘ishlangan ushbu spektakl ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi. Tadbir yakunida madaniyat va san’at fidoiylari, nuroniylar Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali o‘qituvchilari teatr ijodkorlari sahnalashtirgan spektakl va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirishib teatr ijodkorlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.






